Xonalar

Lyuks
Lyuks turdagi xonalarimiz keng va shinam qilib qurulgan bo‘lib, unda yotoqxona va keng mehmonxona zalidan iborat. Bu turdagi xonalarimiz 2 xonali hisoblanadi. Konditsioner, IPTV(raqamli televediniya), zamonaviy sanuzel/vanna/dush, muzlatkich bilan jihozlangan. Ushbu xonalarimizda balkon ham mavjud bo‘lib, ochiq havodan baxra olishingiz mumkin. Xonalarimiz narxlari bir kishi uchun hisoblanadi(3 mahal ovqatlanish va barcha davolash xizmatlari bilan).

Yarim lyuks
Yarim lyuks turdagi xonalarimiz shinam qilib qurulgan bo‘lib, unda yotoqxona va balkondan iborat. Bu turdagi xonalarimiz 1 xonali hisoblanadi. Konditsioner, IPTV(raqamli televediniya), zamonaviy sanuzel/vanna/dush, muzlatkich bilan jihozlangan. Xonalarimiz narxlari bir kishi uchun hisoblanadi(3 mahal ovqatlanish va barcha davolash xizmatlari bilan) .

Maskanimizda bepul WI-FI ham tarqatilib internet bilan ham bog‘lanish imkoniyati mavjuddir.

Bundan tashqari maskanimizda 3  va 5 kishilikka mo‘ljallangan kotejlarimiz mavjud bo‘lib, barcha kotejlarimiz zamonaviy usulda tamirlangan. Kotejlarimizda yumshoq mebellar, konditsioner, IPTV(raqamli TV), muzlatgichlar bilan jixozlanib, aloxida sauzellar mavjud.

Shuningdek maskanimizda “issiq pol” isitish tizimlari o‘rnatilgan bo‘lib, qishda ham maroqli dam olishingiz uchun shart sharoitlar yaratilgan.