“Azim Zomin shifo” MCHJ So Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan iqlimiy kurort, dam olish maskani bo’lib, Turkiston tog’ tizmasining shimoliy etaklarida, o’rmon hududida joylashgan. Tuman markazidan 4 km uzoqlikda bo’lib,  o’zining salqin va o’zgacha betakror tabiati bilan dam oluvchilarni o’ziga chorlab kelmoqda.

Zamonaviy me’morchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan dam olish va sog’lomlashtirish maskani, musoffo xavo, quyosh nurlarining mo’lligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqorililigi iqlimiy prafilaktikalar o’tkazishga qulay sharoitlar yaratadi.

Sog’lomlashtirish va dam olish maskanimizda barcha qulayliklar mavjud bo’lib, ikki o’rinli xonalar, oilaviy dam olish uchun kottejlar dam oluvchilarimiz uchun maxsus tayyorlangan. Bundan tashqari, davolash diagnostika bo’limi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, malakali mutaxasislarimiz tamonidan tibbiy xizmatlarimiz ko’rsatiladi.

Maskanimizda ultratovush tekshiruvlari, EKG, EXO doplerografiya, keng tarmoqli biokimyoviy IFA tekshiruvlari, davolash tasxishlash xizmatlari yo’lga qo’yilgan. Yuqori malakali kardiolog, nevropatolog, o’rolog, genikolog, stomatology shifokorlari tamonidan ambulator va statsionar sharoitda davolash ishlari olib boriladi. Mutaxasislarimiz o’z ishlarini professianalligi bilan dam oluvchilarimiz ko’nglida iliq joy egallashganlar.

Yana shuni aytishimiz mumkin-ki, yuqori va past chastatali toklar bilan davolash, umurtqa pog’onasini kompyuterli tortish, suv muolajalari, Kedr bochkasi, balchiq va paraffin ozokerit bilan davolash, terrenkur davolash, jismoniy tarbiya, basseyn, giyoxli fitodamlamalar va parxez ovqatlanishlar yo’lga qo’yilgan.

        «El sog’ligi – yurt boyligi» degandag biz siz aziz dam oluvchilar uchun doimo xizmatdamiz. Siz ham keling, o’z salomatligingizni biz bilan yaxshilang!

Murojaat uchun telefonlar: +998943417547 +998943427547 
Instagram: @azimzominshifo_official