Maskanimizda dam oluvchilarimizning maroqli hordiq chiqarishlari uchun bir qancha shar sharoitlar qilingan. Maskanimiz havlisida so’lim bog’ mavjud bo’lib, yo’laklarda o’rnatilgan skamekalarda siz tabiatdan bag’ra olib oqib turgan suv esa sizning asab faoliyatingizni tinchlantirish uchun xizmat qiladi.

Shuningdek asosiy yotaq binolarimizda keng devan va raqamli TV (IPTV) bilan jihozlangan. Maskanimizga kiraverishda akvaruyum joylashgan bo’lib uning oldida har hil turdagi go’zal va betakror baliqlarning suzib yurushini tomosha qilishingiz mumkin. Bundan tashqari dam olish vaqtingizda fitobarimiz doim sizning xizmatingizda bo’ladi.

    Maskanimizda yozgi basseyn bunyod etilgan bo’lib yoz mavsumida hordiq chiqarishingiz uchun xizmatingizda bo’ladi. Shuningdek billiard qizquvchilari uchun esa ochiq havoda joylashgan billiard stolimiz sizga manzur bo’ladi deb o’ylaymiz.

Maskanimizda bepul Wi-Fi ham tarqatilib internet bilan ham bog’lanish imkoniyati mavjuddir. Tabiatimizning ajoyib havosi sizga manzur keladi degan umiddamiz. Keling biz bilan maroqli hordiq oling!